Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumot yig'iladi, u qayerda yotadi, kim ko'radi va uni qanday o'chirasiz — sodda qilib.
Oxirgi tahrir: 2026-09-07
Nima saqlanadi
Faqat siz kiritgan va xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan narsa:
- Telegram ID, ismingiz va profil rasmingiz havolasi — sizni tanish uchun.
- Vazifalar, maqsadlar, odatlar va ularning kunlik belgilari.
- Kundalik yozuvlari, fokus seanslari va o'zingiz belgilagan namoz jurnali.
- Sozlamalar: shahar, vaqt mintaqasi, tong va kech vaqti, valyuta.
- Moliya bo'limi yoqilgan bo'lsa — kirim-chiqim yozuvlari.
Moliya bo'limi ixtiyoriy
Uni yoqmasangiz hech qanday bank yoki karta ma'lumoti saqlanmaydi. Yoqsangiz ham bot bankka ulanmaydi va to'liq karta raqamini so'ramaydi: siz bankdan kelgan xabarni o'zingiz yuborasiz.
Xabar matni tahlil qilingach tozalanadi — karta raqamlari va karta balansi o'rniga `••••` qoladi. Bu eski yozuvlarga ham qo'llanilgan.
Ovozli xabar
Ovoz shu serverning o'zida matnga aylantiriladi — hech qanday tashqi xizmatga yuborilmaydi. Fayl ishlov berilgach darhol o'chiriladi, tanilgan matn tasdiqlash uchun 15 daqiqalik qoralamada turadi. Yozuvga faqat tasdiqdan keyin qo‘shiladi.
Kim ko'radi va nima uzatiladi
Yozuvlaringizni faqat siz ko'rasiz. Ma'lumot sotilmaydi va uchinchi shaxsga berilmaydi; reklama tarmoqlari va kuzatuv skriptlari yo'q.
Tashqariga chiqadigan yagona narsa — Telegram orqali yuboriladigan xabarning o'zi (Telegram maxfiylik siyosati amal qiladi) va veb-panelga kirishda Telegram Login tekshiruvi.
Xavfsizlik va saqlash muddati
Sayt HTTPS orqali ishlaydi, sessiya cookie'si imzolangan va brauzer skriptiga ko'rinmaydi. Ma'lumot o'z serverimizdagi bazada yotadi; unga xizmatning o'zi kiradi.
Yozuvlar siz o'chirmaguningizcha saqlanadi. Muddat cheklovi qo'yilmagan, chunki odat va maqsad tarixi vaqt o'tishi bilan qimmatliroq bo'ladi — lekin istalgan payt hammasini bir buyruq bilan o'chirishingiz mumkin.
Hisobni o'chirish — botda
O'chirish botda bajariladi: shu yerda shaxsingiz allaqachon tasdiqlangan va tasodifiy bosishdan himoya qilingan tasdiq so'raladi.
Buyruqlar:
- /malumotlarim — barcha yozuvingizni JSON fayl qilib olish.
- /moliya_ochirish — faqat moliyaviy yozuvlarni o'chirish.
- /hisobni_ochirish — hisob va unga bog'liq hamma narsani butunlay o'chirish. Qaytarib bo'lmaydi.
Savol qolsa
Botga yozing — @Izchiluzbot. Javob o'sha yerdan keladi.