Izchil
Kichik qadam, har kuni.

Kunni rejadan boshlang,
haftani natija bilan yoping.

Izchil — Telegram bot va shu panel birgalikda ishlaydigan shaxsiy yordamchi. Vazifa, odat, maqsad va xarajat bir joyda: botga oddiy gap bilan yozasiz, panelda umumiy manzarani ko'rasiz.

Vazifalar — tabiiy til bilan

«ertaga 15:00 shifokorga», «har kuni 07:00 yugurish» — sana, vaqt va takrorlanish matnning o'zidan o'qiladi. Ovozli xabar ham bo'ladi.

Odatlar va uzluksiz kunlar

Har kungi kichik ish belgilanadi, seriya sanaladi. 90 kunlik kalendar izchillikni bir qarashda ko'rsatadi.

Namoz vaqtiga bog'lash

«bomdoddan keyin Qur'on» kabi vazifalar shahringizdagi namoz vaqtiga qarab eslatiladi — qat'iy soatga emas.

Kirim-chiqim — ixtiyoriy

Bank SMS'idan avtomatik yozuv, kategoriya bo'yicha byudjet, Excel/CSV eksport. Kerak bo'lmasa — ishlatmaysiz.

Qanday boshlanadi

  • Botda ro'yxatdan o'tasiz Taklif havolasi orqali — shahar va vaqt mintaqasi bir marta so'raladi.
  • Kundalik ishni botga yozasiz Matn yoki ovoz. Bot eslatadi, siz faqat bajarilganini belgilaysiz.
  • Panelda manzarani ko'rasiz Hafta, oy, yil kesimida: nima yurishyapti, nima to'xtab qolgan.

Panelga kirish

Telegram hisobingiz bilan — parol yo'q, ro'yxatdan qayta o'tish shart emas.

Panel Telegram botning davomi. Kirish uchun avval botda taklif havolangiz bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak — panel yangi hisob ochmaydi.